Tenderlar

.

TANLOV O'TKAZILISHI TO'G'RISIDA E'LON

7-noyabr 2019-yil
image

Tanlov nomi: Taqdirlash marosimi ishtirokchilari uchun tantanali marosim o‘tkazish (banket), guldastalar tayyorlash, boshlovchilar va xonandalar guruhi xizmati, svetodiodli LED ekran va metallakonstruksiyali sahna (podium) ijarasi hamda 2020 yil uchun kalendarlar chop etish xizmatlarini xarid qilish.

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi O‘RQ-472-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi ishtirokchilari uchun tantanali marosim o‘tkazish (banket), guldastalar tayyorlash, boshlovchilar va xonandalar guruhi xizmati, svetodiodli LED ekran va metallakonstruksiyali sahna (podium) ijarasi hamda 2020 yil uchun kalendarlar chop etish xizmatlarini tanlov asosida xarid qiladi.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan ma’qul tarzda hamda ko‘rsatilgan miqdorlarda maxsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlovda konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar ob’yekti xisoblangan yuridik shaxs bo‘lishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi kerak.

Tanlov takliflari bir nusxada muxrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tanlov xujjatlarida ko‘rsatilgan 1 – shakldagi talabnoma bilan qabul qilinadi.

Tanlov savdolarini o‘tkazish jarayonlari va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish istagida bo‘lgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi e’lon nashr qilingan sanadan boshlab (xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxar, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy. Tel.: +998 94 626-63-44. e-mail: s_kenjayev@umail.uz

Mas’ul kotib: S.Kenjayev

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi ma’lumot Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informasion portalda berilgan.

Tanlov takliflari 2019 yil 18 noyabr kuni soat 15-00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha davlat burtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu hakida talabgorga Xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan qo‘shimcha xabar qilinadi.

 

Xarid qilinadigan tovarlar haqida ma’lumot

Lot №1

Tovar, ish va hizmatning nomi O‘lchov birligi Umumiy soni Yuqori narx

1.

Tantanali marosim o‘tkazish (ishtirokchilar soni 75 nafar) kun

1

25 000 000

 

Umumiy yuqori summa

 

 

25 000 000

 

Lot №2

Tovar, ish va hizmatning nomi O‘lchov birligi Umumiy son Yuqori narx

1.

Guldastalar tayyorlash dona

50

10 000 000

 

Umumiy yuqori summa

 

 

10 000 000

 

Lot №3

Tovar, ish va hizmatning nomi O‘lchov birligi Umumiy son Yuqori narx

1.

Tantanali marosim uchun boshlovchi (2 nafar) va xonandalar guruhi xizmati kun

1

15 000 000

 

Umumiy yuqori summa

 

 

15 000 000

 

Lot №4

Tovar, ish va hizmatning nomi O‘lchov birligi Umumiy son Yuqori narx

1.

2020 yil uchun kalendar chop etish dona

20 000

400 000 000

 

Umumiy yuqori summa

 

 

400 000 000

 

Lot №5

Tovar, ish va hizmatning nomi O‘lchov birligi Umumiy son Yuqori narx

1.

svetodiodli LED ekran va metallakonstruksiyali sahna (podium) ijarasi xizmat

1

8 500 000

 

Umumiy yuqori summa

 

 

8 500 000

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu