O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Samarqand viloyati Kattaqo‘rgʼon shahri hududida joylashgan umumtaʼlim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlarini tashkil qilish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini (keyingi oʼrinlarda – Loyiha) amalga oshirish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi
Tanlov maqsadi: Loyiha umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarining maktabda sog‘lom ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va sog‘lom ovqatlanish talablari asosida tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini va oshxonalardagi boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Loyihaning amal qilish muddati – 10 yilgacha.
Ushbu tanlov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi PQ-5124-son “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror asosida tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy shartlari quyidagilar:
- Xususiy sherik o‘z mablag‘lari hisobidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hududida joylashgan umumtaʼlim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlarini tashkil qilish;
- Umumtaʼlim maktablariga o‘quvchilar va maktab xodimlarini sifatli tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
- Sog‘lom ovqatlantirish xizmatlarini tizimli ravishda tashkil etish uchun zarur texnik vositalar, oziq-ovqat mahsulotlari, materiallar, ishchi kuchi va boshqa vositalar bilan taʼminlanish hamda oshxonasi mavjud bo‘lmagan umumtaʼlim maktablarida oshxonalarni qurilishi to‘liq xususiy sherik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatga e’longa joylashtirdi.
Loyiha konsepsiyasi
Maktablar bo‘yicha ma’lumot
Umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya-epidemiologik talablari
Tanlov jarayonlarida qatnashish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
tanlovda ishtirok etish uchun ariza, tanlov shartlariga roziligi to‘g‘risida kafolat xati bilan birga;
manfaatdorlikni bildirish shakli;
tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etiladigan kundan kamida 45 (qirq besh) kun oldin holatiga ko‘ra soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida axborot;
tanlov jarayonlari ishtirokchisi qayta tashkil etish yoki tugatish bosqichida emasligi haqida ma’lumotnoma;
xorijiy firmalar va tashkilotlar uchun, tanlov jarayonlari ishtirokchisi yurisdiksiyasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va/yoki vakolatxonalarida legallashtirilgan yuridik shaxs sifatida qayd etish haqida guvohnoma nusxasi;
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchining qo‘shimcha takliflari.
Muddatlar:
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkor va sarmoyadorlar 2021 yilning “23” dekabr kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 100017, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.
Bog‘lanish uchun:
Tanlov shartlari va unda ishtirok etish bo‘yicha ma’lumot olish uchun Vazirlikning Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin.
Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasi telefon raqami: +99871 241 01 65
Elektron manzil: info@xtv.uz; gchpmno@gmail.com.
Tanlovni ochiq va shaffof o‘tkazish maqsadida, tadbirkor va sarmoyadorlardan o‘z takliflarini yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlik manziliga yuborishlari so‘raladi.