Korrupsion hamda firibgarlik holatlariga duch kelsangiz...
13-oktabr 2025-yil
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga joylashtirish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish kabi jarayonlarni:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn tarzda yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda amalga oshirishingiz mumkin.
Agar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish davomida korrupsion hamda firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali xabar berishingizni soʻraymiz.