Bugun o'tkazilgan yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat sho’basi boshlig’i O.Murodov hamda boshqarma ma’sul xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, yigʼilish davomida “GRACE- Global Resource for Anti-Corruption Education and Youth Empowerment” - dasturining maqsadi yaʼni ta’lim va o‘zaro aloqalarning transformatsion kuchidan foydalangan holda yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat ekanligi yuzasidan axborot berildi.