Korrupsiyaga qarshi kurash

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOSHQARMASIDA TIZIMDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI

13-iyun 2023-yil
image

Joriy yilning 13-iyun kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida 16 ta tuman, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlari, boshqaruv hodimlari hamda barcha umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning masʼul hodimlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, ustoz-pedagoglarni majburiy mehnat ishlariga jalb etmaslik, beriladigan koʻrsatma va topshiriq ularning vakolatlari doirasidan chetga chiqmagan boʻlishi zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.

Qolaversa, oʻquvchilar va ularning ota-onalaridan taʼmirlash, turli bayram tadbirlari va sovgʻa-salom sotib olish kabi holatlar uchun asossiz ravishda pul yigʻimlarini amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu