Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT 

30-dekabr 2022-yil
image

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Xalq taʼlimi vazirligiga yo‘llangan murojaatlarni tahlil qilish orqali korrupsiya omillarini aniqlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish shoʻbasi tomonidan 2022 yil davomida xalq taʼlimi vazirligi aloqa kanallari orqali korrupsiyaga oid jami 99 ta murojaat ko‘rib chiqilgan.

Shulardan, 14 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga muvofiq “Anonim” deb eʼtirof etilib ko‘rmay qoldirilgan, 4 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi talablariga muvofiq ko‘rib chiqishi tugatilgan, 1 ta murojaat qonuniy ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan, 1 ta murojaat jinoyat ishiga qo‘shib ko‘rishlik uchun Toshkent viloyati Bo‘ka tumani prokuraturasiga yuborilgan va 79 ta murojaat yuzasidan arizachilarga tegishli tushuntirishlar berilgan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarma va tashkilotlariga kelajakda tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, fuqarolar hamda xodimlarning o‘z huquq va majburiyatlari haqidagi xabardorliklarni oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu