Bugun Xalq taʼlimi vazirligida xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish loyihasining barcha bosqichlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasining asosiy maqsadi yurtimizning yetakchi davlat organlarida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish va joriy qilishdan iborat ekanligi bo‘yicha to‘liq maʼlumot berildi.
Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/567