TANLOV OʻTKAZILISHI TOʻGʻRISIDA EʼLON

16-dekabr 2021-yil
image

Tanlov nomi: Vazirlik binosida injenerlik qurilmalariga tunu-kunlik texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini xarid qilish

Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq vazirlik binosida injenerlik qurilmalariga tunukunlik texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini tanlov asosida xarid qiladi.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti xisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi kerak.

Tanlov takliflari bir nusxada muxrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tanlov xujjatlarida koʻrsatilgan 1 – shakldagi talabnoma bilan qabul qilinadi.

Tanlov savdolarini oʻtkazish jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shaxar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a-uy. Tel.: +998 90 317-15-47. e-mail: s_kenjayev@umail.uz

Masʼul kotib: Sh.Yeshnazarov

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi maʼlumot Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tanlov takliflari 2021-yil 22-dekabr kuni soat 18-00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha davlat burtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu hakida talabgorga Xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan qoʻshimcha xabar qilinadi.

TANLOV HUJJATLARI

Xarid qilinadigan xizmatlar haqida maʼlumot

Товар, иш ва ҳизматнинг номи Ўлчов бирлиги Умумий сони Умумий юқори нарх
1. Инженерлик қурилмаларига туну-кунлик техник хизмат кўрсатиш хизмат 12 423 600 000
 
  Умумий юқори сумма     423 600 000

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu