Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga

9-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan (36-, 67-son) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bo‘sh yer maydonida DXSh doirasida nodavlat maktabgacha va umumta’lim maktablarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida
2019-yil 10-maydagi ORQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish togrisida 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi Toshkent shahri Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 460-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 30-yil.

Muddatlar:

2024-yilning 15-sentabr soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.

Kontaktlar:

Sarvar Ashurov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – 55-503-74-00 (1101, 1110)

 

Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; s.ashurov@uzedu.uz., a.nishonov@uzedu.uz

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu