TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

24-avgust 2023-yil
image

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish (binolarini loyihalash, qurish, moliyalashtirish va ta’mirlash – DBFM shakli) bo‘yicha tenderning malaka uchun so‘rov bosqichi boshlanishi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida 13 ta umumiy boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktabini DXSh asosida tashkil etishni rejalashtirmoqda. Loyiha xalq taʼlimi tizimidagi 1-11-sinflarda (7 yoshdan 18 yoshgacha) jami 13 000-14 000 oʻquvchini qamrab oladigan yangi taʼlim muassasalarini tashkil etishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari loyihasi DXShning DBFM, ya’ni loyihalash, qurish, moliyalashtirish va texnik xizmat ko'rsatish shaklida tashkil etiladi. DXSh to'g'risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-sonli “Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini loyihalash, qurish va ishlash standartlari tender g‘olibidan maktablarni Loyihaning butun muddati davomida ta'lim muassasalarini yuqori sifatda saqlab turishini talab qiladi. Taʼlim va oʻqitish xizmatlari Xalq taʼlimi tizimi hamda boshlangʻich va oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturlari talablariga muvofiq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. DXSh shartnomasi loyihalash, qurish va ishlash standartlarining bir qismi sifatida atrof-muhit, ijtimoiy va gender masalalarini o'z ichiga oladi.

O‘zbekiston hukumati va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasining “DXSh to‘g‘risida”gi qonuniga to‘liq muvofiq holda Loyihani amalga oshirish uchun malakali xususiy ishlab chiquvchi-investorni jalb qilish va tanlash bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazadi. O‘zbekiston hukumati va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot bankini loyiha tenderida ko‘maklashish uchun tranzaksiya bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati manfaatdor tomonlarni kvalifikatsiyadan oldingi talabnomani taqdim etishga taklif qiladi. Manfaatdor tomonlar ishtrok etish talablari uchun Malaka so'rovi (RFQ) hujjatlariga murojaat qilishlari mumkin. Malakaviy talablarda o'tgan talabgorlar tenderning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi. Malaka so'rovi hujjatlari ushbu sahifaning oxirida ilova qilingan.

Tenderda ishtirok etish uchun manfaatdor tomonlar o‘zlarining saralashdan o‘tish uchun arizalarini 2023-yil 19-oktabr, Toshkent vaqti bilan soat 18.00 dan kechiktirmay elektron shaklda, 2023-yil 2-noyabrgacha esa jismoniy shaklda topshirishlari lozim.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu