TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA

14-iyul 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Toshkent shahri, Chilinzor tumanida joylashgan to‘rtta (126-, 181-, 232-va 281-son) umumtaʼlim maktablarining bo‘sh er maydonlarida DXSH doirasida nodavlat maktabgacha va umumtaʼlim maktablarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyuldagi “Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-201-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 30 yil.

Muddatlar:

2023-yilning 29-avgust soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.

Kontaktlar:

Sarvar Ashurov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi – 55-503-74-00 (6141, 6111)

Elektron pochta manzili: info@xtv.uz; s.ashurov@uzedu.uz, i.hoshimov@xtv.uz

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu