2025-yil 3-mart kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiya nashriyotining fransuz tili bo‘yicha mashq daftarlarini “Groupe Hatier International” kompaniyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilgani quyidagilarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonining "Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi" ning 5.1-bandiga muvofiq, “Groupe Hatier International” nashriyotining “Passe-Passe”, “Décibel” va “L’atelier” darsliklarini xarid qilish va amaliyotga joriy qilish vazifasi belgilangan.
Mazkur Farmon asosida 2023-yilda 4 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolangan, darsliklar va mashq daftarlari mahalliylashtirilgan va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Shartnomaga muvofiq, 4 yil davomida har yili o‘quvchilar uchun yangi mashq daftarlari xarid qilinadi.