2024-yil 1-may kunidan manager.uzedu.uz platformasida hududlardagi umumtaʼlim maktablarining boʻsh (vakant) direktorlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilish tartibi yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan vaqt davomida maxsus platforma orqali hududlardagi vakant direktorlik lavozimlari uchun 1290 ta tanlov eʼlon qilindi.
Mazkur tanlovlarda 1690 ta ariza kelib tushdi. Bugungi kunga qadar 495 nafar nomzodlar Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Direktorlar kengashining suhbatidan oʻtib, direktorlik lavozimiga tayinlandi.
Hozirda mavjud vakant joylar jami 1190 tani, zahiradagi nomzodlar soni jami 949 tani tashkil etmoqda.